Konferensiya haqida
Anjumanda raqamlashgan olamda, turli tahdidlar sharoitida ta’limdagi o‘zgarishlarning o‘ziga xos xususiyatlari, ta’lim tizimidagi transformatsiyalarning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy, siyosiy sohadagi o‘zgarishlarga ta’siri, ta’lim sohasida erishilgan oxirgi ilmiy-texnik va texnologik yutuqlar, innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalarni rivojlantirish muammolari muhokama qilinadi va o‘zaro fikr almashiniladi. Muhokama qilish natijasida bu sohadagi muammolarga yechim topishga imkonini beradigan ilmiy xulosa va tavsiyalar tayyorlanadi.