Konferensiyaning maqsadi fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi sharoitida korporativ innovatsion hamkorlikni yanada rivojlantirish orqali innovatsion texnologiyalarni shakllantirish va joriy etish muammolarini yechish hamda respublikada integratsion aloqalarni mustahkamlashni ta’minlash orqali ta’lim tizimidagi transformatsiyalarning ilmiy va tashkiliy asoslarini komprativistik tahlil asosida o‘rganishga bag‘ishlanadi. Shuningdek, jahonda va respublikamizda bugungi raqamlashgan olamda ta’limdagi o‘zgarishlar, ta’limni rivojlantirishda yaratilayotgan imkoniyatlari hamda muammolari bo‘yicha o‘zaro fikr almashiniladi.





